Abituriyentga eslatma

 

Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- o`rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;

-  086-U — shakl bo`yicha tibbiy ma’lumotnoma;

-  pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnoma)ning nusxasi;

-  3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

-  mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko`chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi bo`lim abituriyentlari uchun);

-  rektor nomiga ariza;

-  tanlovdan tashqari o`qishga kirish huquqiga ega bo`lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g`oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlar;

-  harbiy qismdan tavsiyanoma.

Abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko`rsatiladi.

Jismoniy tarbiya institutiga hujjat topshirayotgan abituriyentlar yuqorida ko`rsatib o`tilgan hujjatlarga qo`shimcha ravishda sport malakasini tasdiqlovchi hujjat (sport darajasi kitobchasi), 8 ta fotokartochka (maxsus sport tekshiruvi uchun) topshirishlari lozim.

Maxsus sirtqi bo`limga hujjat topshiruvchi shaxslar belgilangan tartibda mehnat daftarchasidan ko`chirma topshirishadi.

Maxsus bo`limga faqat o`rta maxsus kasb-hunar ta’limiga va 3 yildan kam bo`lmagan ish tajribasiga ega shaxslar qabul qilinadi.

Pasport va harbiy xizmat haqidagi hujjat shaxsan taqdim etiladi.

Guruhlar bo`yicha abituriyentlar ro`yhati va bino va auditoriyalarning joylashishi aks etgan chizmalari o`quv yutrlari qabul komissiyalari tomonidan test sinovlari o`tkazilishidan 3 kun oldin e’lonlar taxtasiga osiladi.

Yuqorida ko`rsatilgan barcha hujjatlar mavjud bo`lgan holda qabul komissiyasi abituriyentni qabul qilishni inkor etish huquqiga ega emas. Fuqarolar ikkinchi va keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar. (“Ta’lim to`g`risida”gi Qonun,14-modda).

Abituriyent test sinovlari o`tkaziladigan kundan 3 kun oldin test sinovlari o`tkaziladigan binoning joylashgan o`rni va nomi, qavat va auditoriya raqami ko`rsatilgan chizmani sinchiklab o`rganadi va eslab qoladi.

Test sinovlaridan 3 kun oldin abituriyentga guruh raqami ko`rsatilgan ruhsatnoma beriladi.

Ta’lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi va maxsus bo`limlarida test sinovlari “Nizom” asosida o`zbek, rus va qoraqalpoq tillarida O`zbekiston Respublikasining barcha hududlarida bir vaqtning o`zida bo`lib o`tadi.

Abituriyentlar test sinovlari o`tkaziladigan kuni bino hududiga soat 8.00 gacha, auditoriyaga soat 8.30 gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan kiritiladi. Test sinovlari boshlangan (soat 8.30)dan keyin abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.Abituriyent tomonidan mikrokalkulyator, lug`at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish va foydalanish qat’iy man etiladi.Test sinovlari boshlangan (soat 8.30)dan keyin abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.Test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo`shimcha test sinovlari o`tkazilmaydi. Abituriyent test sinovlarini ta'lim muassasasida o`qiydigan tilda va yozuvda (kirill, lotin) topshiradi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi