Tabiatshunoslik fakultetiga “El-yurt umidi” jamg`armasi hamda “LOGO e.V“ tashkiloti vakillari tashrif buyurdi

Bugun hech bir sohani ilm-fansiz tasavvur qila olmaymiz.  Mana shu  hayotiy  haqiqatlikni  anglagan holda  mamlakatimizda  ilm-fanga, ilmiy  mutaxassislarga  juda  katta e’tibor  qaratilmoqda, buning  natijasida  sohada erishilgan  yutuqlar hayotga  izchil  tatbiq  etilmoqda.

Universitetning Tabiatshunoslik  fakultetida   O`zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg`armasi direktori Adham Bekmurodov  va  Germaniyaning   “Landwirts chaft und  Oekologisches   Gleichgewicht  mit  Osteuropa“  tashkiloti rahbari   Hartwig  Mennen  janoblari   bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda universitetning professor-o’qituvchilari, talabalar, magistrantlar, doktorantlar va yosh olimlar qatnashdi.

Tadbirni  universitet  rektori  A. Reymov  ochib  berdi  va olib bordi, u  o`z so`zida mamlakatimizda  oliy talim tizimida chet el tarjibasini keng joriy qilinganligi, chet tilini o’rganishni yanada keng joriy etish, o’qituvchi va talabalarning malaka oshirishi imkoniyat yaratish maqsadida chet  el oliygohlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yilganligini, yosh pedagog kadrlarning ilmiy salohiyatini va malakasini oshirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.

Bundan so’ng, O`zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt   umidi”  jamg`armasi   direktori Adham Bekmurodov   so’zga chiqib, jamg`armasining  asosiy faoliyati bilan tanishtirib o`tdi. Shuningdek, mutaxassislarni  xorijda tayyorlash va xorijdagi vatandoshlar bilan muloqot qilish bo`yicha jamg`armaning ish yo’nalishi avvalgi  jamg`armalardan o`z g`oyasi  va maqsadlari bilan tubdan farq qilishini aytib o’tdi.

Germaniyaning   “LOGO e.V“  tashkiloti rahbari   Hartwig  Mennen   O`zbekiston Respublikasida bugungi  kunda qishloq  xo`jaligi jadal rivojlanayotgan  sohalardan biri ekanligini va ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun  ikki mamlakat o`rtasida tarjiba almashish keraklikini bu borada qishloq xo`jaligi va ekologiya  sohasida  magistratura  va doktorantura  o`qiyotgan  nemis tilini  yaxshi biladigan yoshlarni  3 oylik hamda  6 oylik  malaka  oshirirish  kurslariga  taklif qildi.

H.Mennen   “LOGO e.V“  tashkilotini   haqida tayyorlahgan    taqdimotini yig’ilganlar e’tiboriga havola etdi.

U bugungi  kunda O`zbekistonning  ekologik  ahvoli  ya’ni  Orol dengizining  qurib, cho`l  zonasiga  aylanib borayotganini  ayanchli  ahvol ekani bu bo`yincha ko`plab  jahon olimlari  ish olib borayotgani, bu muamao faqat hududiy emas balki,  global muamao ekanligini ta’kidladi.

Tadbir davomida  talabalar, magistrantlar  hamda professor- o`qituvchilar o`zlarini qiziqtirgan  savollariga  javoblar  oldi.

Otabek  Raximbayev,

  Tabiatshunoslik  fakulteti  Gidrometeorologiya

ta’lim yo’nalishi  2- kurs bosaqich talabasi

admin